AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bora FD-2000 rusumli raketa sinovdan o`tkaziladi

'O`zbekistonda ilk bora FD-2000 rusumli raketa sinovdan o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo`shinlari Markaziy Osiyo geosiyosiy muhitida barqaror o`rin egallabgina qolmay, nafaqat hududiy, balki mintaqadagi tinchlikni ta`minlashga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarini sinovdan o`tkazib, o`z jangovar qobiliyatini takomillashtirib bormoqda.

Bu nufuzli mavqe, shubhasiz, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat mudofaa tizimini tobora mustahkamlash, qo`shinlarni barcha zarur bo`lgan ta`minot turlari bilan butlab borish siyosati asosida, eng muhimi harbiy xizmatchilarning dala-o`quv mashg`ulotlaridamuntazam olib borayotgan jangovar o`quvlari, asr qurol-aslahalarini istifoda etish borasida o`zlashtirayotgan tajribalari negizida mukammal shakllanib bormoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyatida joylashgan “Kulquduq” poligonida  olib borilmoqda. Bu erda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism shaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarlik o`quv rejasiga ko`raqo`mondonlik mas`ul ofiserlari rahbarligida FD-2000 rusumli havo hujumiga qarshi raketani sinovdan o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta`kidlash joizki, osmonimiz musaffoligini ta`minlashga xizmat qiluvchi  FD-2000 rusumli raketa O`zbekistonda ilk bor sinovdan o`tkaziladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va  ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

    Boshqa yangiliklar