AsosiyJamiyat

“Vikipediya”ga o`zbek sportchilari ma`lumotlari joylashtiriladi

'“Vikipediya”ga o`zbek sportchilari ma`lumotlari joylashtiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (888-son, 21.10.2019 y.) bilan 2019–2021 yillarda Internet jahon axborot tarmog`ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo`yicha kompleks dastur tasdiqlandi.

Dastur milliy veb-resurslar sonini o`sishi, ularni Internet tarmog`ida ilgari surish va ommalashtirish uchun sharoit yaratish kabi qator masalalarni nazarda tutadi.

Dasturga muvofiq, maktablarda “Informatika” fani dasturi va o`qitish metodologiyasi ilg`or xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ko`rib chiqiladi.

Shuningdek, O`zbekiston Milliy kino fondi veb-sayti hamda Milliy filmlar veb-portali yaratiladi.

Dasturga ko`ra, “Vikipediya” internet ensiklopediyasiga O`zbekistonning mashhur sportchilari va sport tashkilotlari faoliyati to`g`risida ma`lumotlar joylashtiriladi.

Shuningdek, internet tarmog`ining UZ domenida foydali ta`limiy-ma`rifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratuvchi mualliflar va dasturchilarni rag`batlantirish maqsadida bolalar va o`smirlar uchun yaratilgan internet-loyihalar respublika tanlovi o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar