AsosiyJamiyat

Olmaliqda 5 tonna osh damlandi

'Olmaliqda 5 tonna osh damlandi'ning rasmi

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan bugun erta tongdan Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Delfin” akva parkida kombinat tomonidan tayyorlangan, ishlab chiqarish jarayonini aks ettiruvchi eksponatlar, modellar va maketlar ko`rgazmasi namoyish etildi.

Ma`lum qilinishicha, ko`rgazma doirasida mazkur xiyobonda kombinatning 70 yilligi uchun maxsus tayyorlangan doshqozonda O`zbekiston oshpazlar uyushmasining mohir oshpazlari tomonidan 5 tonnalik osh damlandi. Milliy taom - osh kombinat mehnat ahli, Olmaliq shahri aholisi, tadbir mehmonlari hamda Bolalar uylariga tarqatildi.

O`ziga xos oshpazlik shousi kombinat sport majmuasida o`zbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi katta bayram konserti dasturiga ulanib ketdi. 

Shonli sana munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlari, sayllar davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar