Davlat statistika qo`mitasida bergan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda 2019 yilning yanvar—sentyabr oylarida 112 ming 200 ta o`limqayd etilgan.
Qayd etilishicha, ushbu o`lim holatlarining 60,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo`lgan.
Shuningdek, ularning 9,8 foizi — o`simtalardan, 6,4 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi — ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan, 4,2 foizi — nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 1,4 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,1 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro`yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,3 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,7 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,2 foizi — nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 12, foizi — tug`ma anomaliyalardan, 2,8 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 foizi — baxtiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 foizi — ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan va 5,5 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.