AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ikki sud boshqaruvchisi bir kompaniya faoliyatini tugatishni tezlatish evaziga 2000 dollar talab qildi

Toshkent shahridagi «Nargiz Shahzodabonu Savdo» kompaniyasining ba`zi sabablarga ko`ra ishi yurishmay, faoliyatini tugatishga to`g`ri keldi. Uning rahbari jamiyatni tugatish uchun tegishli joyga murojaat qildi. Bu haqda, “Huquq” gazetasiga asoslanib, Daryo.uz xabar bermoqda.

Murojaat O`zbekiston sud boshqaruvchilari professional jamoat birlashmasining ikki nafar sud boshqaruvchisi ish yurituviga kelib tushdi. Ular murojaatni qonuniy hal qilib berish o`rniga nafs yo`liga borib, bundan foydalanib qolmoqchi bo`ldi.

Kompaniyaning faoliyatini tugatish ishlarini tezlatish evaziga 2000 AQSh dollari berishni talab qildi. Bunday katta mablag`ni eshitgan jabrlanuvchi sud boshqaruvchilarining tamagirligi haqida tegishli joyga murojaat qildi.

Ariza asosida SVOJJDLQK departamentining Uchtepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tadbirda sud boshqaruvchilari xizmat xonalarida 2000 AQSh dollarini pora sifatida olayotganida qo`lga olindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudi mansabini suiiste`mol qilgan kimsalarga nisbatan qonuniy jazo tayinlab, hukm chiqardi.

    Boshqa yangiliklar