Namanganda maxsus firmalardan biri fuqarolarni "Haj" ziyoratiga jo`nataman deb va`dasini bajarmadi.
Ma`lum bo`lishicha bir guruh fuqarolar Namangan shahridagi maxsus firmaga "Haj"ga ketish uchun murojaat qilgan. Lekin "Viza"ning kechikishi sababli ularning ishi bitmay qolgan. Biroq ishni ohirigacha yakunlamagan firma fuqarolardan olgan pulini qaytarib bermagan.
Shunda jabrlanuvchi O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga murojaat qilgan va federasiyaning sa`y harakati bilan tadbirkordan 7.500 dollar qaytarib olingan, deya xabar qildi O`zA.
25.10.2019 12:00
"Haj"ga jo`natishni va`da qilgan firma fuqarolarning 7,5 ming dollarini "uxlatdi"






