AsosiyJamiyat

“Hududnazta`minot” AJ ogohlantiradi!

'“Hududnazta`minot” AJ ogohlantiradi!'ning rasmi

Havo haroratining pasayib borishi natijasida aholi tomonidan xonadonlardagi yoz mavsumida ishlamay turgan isitish jihozlari (isitish pechlari, suv isitish qozolari, AGV, AKGV va boshqa jihozlar) ishga tushiriladi. “Hududnazta`minot” AJ yoz mavsumida ishlamagan jihozlarni ishga tushirishdan avval, albatta ularning dudburoni (mo`rkon, dmoxod) va shamollatish (ventilyasiya) tizimlari soz holatda ekanligini tekshirish lozimligini ta`kidlamoqda.

Dudburonni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Dudburon yaroqliligini uskunani ishga tushirmasdan oldin ip, engil qog`oz (salfetka) bo`lagini uskuna yondirgichi ostidagi va alangani ko`rish tirqishlariga olib boriladi (rasmda №2 va №6). Agar havo oqimi ichkariga ip yoki qog`ozni tortsa, dudburon tortishi qoniqarli holatda bo`ladi. Aksincha bo`lsa, dudburon tortishi qoniqarsiz hisoblanib, uskunani ishga tushirish qat`iyan taqiqlanadi va darhol mutaxassisga murojaat qilish talab etiladi. 

2. Agar uskuna ishga tushirilgan bo`lsa, gugurt alangasini uskunaning yondirgichi ostidagi va alangani ko`rish tirqishlariga olib boriladi (rasmda №2 va №6). Agar alanga ichkariga qarab tortilsa, dudburon tortishi qoniqarli bo`ladi. Aksincha alanga tashqari tomonga harakat qilsa, dudburonda nosozlik yoki havo o`tkazmaydigan qandaydir to`siq mavjud. Bu holatda darhol gaz uskunasini jo`mrakdan o`chirish va 104 telefon raqami orqali bog`lanib, mutaxassis chaqirish shart! Mutaxassis tomonidan nosozlik bartaraf etilib, dudburon tortishi qoniqarli holatga keltirilmasdan oldin gaz uskunasini ishga tushirish qat`iyan taqiqlanadi.

Is gazi (yonish jarayoni hosilasi) - inson hayotiga jiddiy tahdiddir. Gaz iste`molchilar tomonidan “zangori yoqilg`i”dan foydalanish qoidalariga amal qilinishi isitish mavsumini bexatar va betalofat o`tkazishni ta`minlaydi!!!

    Boshqa yangiliklar