AsosiyJamiyat

Fermer Lola opa Ziroatxon Mirziyoeva bilan nimalar haqida gaplashdi?

'Fermer Lola opa Ziroatxon Mirziyoeva bilan nimalar haqida gaplashdi?'ning rasmi

Farg`ona viloyatida bo`layotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uyushtirilgan press-tur doirasida 25 oktyabr kuni bir guruh jurnalistlar viloyat hokimi Shuhrat G`aniev bilan birga Oltiariqdagi «Nurli obod» fermer xo`jaligida bo`lib, Lola Murotova bilan uchrashdi. Qahramon ayol «Daryo» muxbiri bilan suhbatda O`zbekiston birinchi xonimi bilan uchrashuvda nimalar haqida gaplashishganini so`zlab berdi.

Lola Murotova, O`zbekiston Qahramoni:

— U kishi bilan Qo`qondagi festivalda, ko`rgazmalarni tomosha qilayotganimizda ko`rishdik. «Mana shunday fidoyi, vatanparvar onalarimiz borligidan faxrlanamiz, sizlar bizning onamizsizlar», deb ko`rishdik.

«Sizlarning obro`-e`tiborlaring barcha farzandlarimizga ham yuqsin, sizlarning yo`llaringizni bersin», deb niyat qildi. Yurtimizda bo`layotgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlari haqida gaplashdik.

Ma`lumot o`rnida:

Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo`jaligi rahbari Lola Murotova Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 28 avgustdagi farmoniga muvofiq, O`zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan edi. Sentyabrda esa Lola Murotova Qo`qonda bo`lgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida O`zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoeva bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar