25 oktyabr kuni Farg`ona viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasining bergan xabariga ko`ra, Farg`ona shahar 9-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyalanayotgan 11 nafartarbiyalanuvchilar 23-24 oktyabr kunlari "o`tkir diareya" tashhisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Shifoxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarda kuzatilayotgan xastalik aralash ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan funksional buzilish tashxisi qo`yilgan.
Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilariga 2019 yil yanvar oyidan buyon "Autsorsing" tizimi bo`yicha "Far G.T." xususiy korxonasi tomonidan mahsulotlar tayyorlanib kelingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirishda ommaviy zaharlanish holati haqidagi xabar o`z vaqtida berilmaganligi bo`yicha mutasaddi idoralarga xizmat tekshiruvlari taynlangan.
26.10.2019 05:16
Farg`onadagi ommaviy zaxarlanish yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi






