Joriy yilning ettinchi oktyabr kuni Portugaliyaning San-Bernardu-de-Setubal shahrida hayotda juda kam uchraydigan, yuzi defektga uchragan bolaga dunyoga keldi. Bu haqda RIA novosti nashri xabar berdi.
Chaqaloqning ko`zi, burni, bosh chanog`ining ma`lum qismi yo`q. Shifokorlar uning bir necha soatlik umri qolganligini bashorat qilishdi. Biroq bolaning ota– onasi David va Marlenning sa`y– harakatlari tufayli u omon qoldi. Bola oradan ikki hafta o`tib, shishacha orqali oziqlana boshladi. Er– xotin bolaning bunday tug`ilishida Marlenni butun homiladorligi davomida nazorat qilgan ginekolog Artur Karvaloni aybdor qilishmoqda. Ularning aytishicha, Marlenni bir necha marotaba UTT ga tushirgan shifokor boladagi bunday jiddiy nuqsonni aniqlamagan. U har doim er– xotinga bola yaxshi rivojlanayotganini aytgan. Ayni paytda unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.






