Farg`ona shahrida «So`z erkinligi va ma`suliyati» mavzusida press-klub o`tkazildi. Unda bosma va internet jurnalistikasi vakillari, oddiy aholi ishtirok etdi.
Tadbirda «O`zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov bloger va internet jurnalistlarini o`qitishni taklif etdi:
«Bugun mana blogerlar deyilyapti, internet saytlari haqida gapirilyapti.Biz jurnalda ishlovchi jurnalist, internet jurnalisti deya ajratmasligimiz kerak. Bitta vatan manfaati yo`lida birlashishimiz lozim. Keyin viloyatlar OAV vakillari, internet jurnalistlari va blogerlarni o`qitish kerak. O`quv kurslarini tashkil qilib, ularning xatolarini ko`rsatish lozim» -, deydi jurnalist.
Ma`lum qilinishicha, ushbu press-klub sessiyasi Farg`ona viloyati hokimligi tomonidan uyushtirilgan press-tur doirasida o`tkazilmoqda.






