Jizzax viloyati hokimligida tashkiliy masala bo`yicha yig`ilish o`tkazildi.
Yig`ilishni Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev olib bordi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sherzod Kudbiev ishtirok etdi.
Yig`ilishda shu paytgacha Zarbdor tumani hokimi bo`lgan Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari etib tayinlandi.
Oybek Ashurmatov Zarbdor tumani hokimi sifatida 2018 yil 13 avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzaev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan uning o`rnini Mahmud Xolbo`taev egalladi.
Tuman hokimligida o`tkazilgan navbatdagi sessiyada 2018 yilning 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari bo`lib ishlab kelayotgan Xolbo`taev Mahmud Parsamatovich tuman hokimi etib tanishtirildi.
Shuningdek, Zarbdor tumanida o`tkazilgan navbatdagi sessiyada tuman hokimi etib 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo`lib ishlab kelgan Ro`ziev Zafar Sharopovich tayinlandi.
Bu haqda Jizzat viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.






