AQSh Suriyada o`tkazgan maxsus operasiya natijasida IShID terrorchilik guruhi etakchisi Abu Bakr al-Bag`dodiy yo`q qilingani haqida axborotlar tarqalginini xabar bergan edik.
AQShga IShID etakchisi al-Bag`dodiyning erini aniqlashda Iroq razvedkasi yordam ko`rsatgan. Bu haqda “Al Hadath” telekanaliga tayanib Qalampir.uz xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, AQSh harbiylari Suriyaning Idlib viloyati Barisha qishlog`ida maxsus operasiya o`tkazgan. Unda 10 kishi halok bo`lgan. Shular orasida. Al-Bag`dodiy va uning ikki turmush o`rtog`i ham borligi taxmin qilinyapti. Operasiya 1,5 soat davom etgan.
Shuningdek, Turkiya Mudofaa vazirligi ham operasiyada Pentagon bilan bilan birga axborot almashib turganini ma`lum qildi. Turkiya Mudofaa idorasining ta`kidlashicha, ikki davlat operasiya boshlanishidan avval harakatlarini muvofiqlashtirib olishgan.
Yuqori martabali turk amaldori IShID etakchisi maxsus operasiya o`tkazilgan joyga amaliyot boshlanishidan 48 soat avval kelganini ma`lum qildi.
IShID etakchisining yo`q qilingani haqida xabar hozircha faqatgina OAVda tarqatildi. AQSh Hukumati bu ma`lumotni rasman tasdiqlamadi. Ammo Donald Tramp o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida juda muhim voqea sodir bo`lganini ma`lum qildi.
Abu Bakr al-Bag`dodiy 2014 yilda IShID tashkil topgandan beri uni boshqarib kelardi. Oxirgi yillarda OAVda IShID etakchisi yo`q qilingani haqida bir necha marta xabarlar tarqalgan, biroq tasdiqlanmagan.






