Tahririyatga bola nafaqasi bo`yicha savollar bilan ko`plab fuqarolar murojaat qilishadi. "Huquqiy axborot" kanali bola nafaqasi bilan bog`liq savollarga qonunchilik asoslariga tayanib, quyidagicha ma`lumot berdi:
Quyidagilar 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
👉 ota-onasining ikkisini ham yo`qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug`ullanayotgan oilalar;
👉 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo`lgan oilalar;
👉 14 yoshgacha bo`lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
👉 nogiron bolasi bo`lgan oilalar;
👉 bolani to`liq bo`lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar);
👉 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo`lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko`maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
👉 yolg`iz pensionerlar.






