Poytaxtdagi 238-umumta`lim maktabida «Umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlarini attestasiyadan o`tkazish – ta`lim sifatini oshirishning muhim omili» mavzusida Respublika seminari o`tkazildi. Seminar Xalq ta`limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig`i Ulug`bek Tashkenbaev, vazirlikning tegishli boshqarma hamda hududiy bo`lim boshliqlari, shuningdek soha vakillari ishtirok etdi.
Seminarda asosiy e`tibor umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`lim sifatini oshirish masalasiga qaratildi.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar umumta`lim maktablari faoliyatini baholash bo`yicha yaxlit samarali tizim bo`lmaganini, attestasiyadan o`tkazish jarayonini qog`ozbozlikdan holi va adolatli ko`rinishda tashkil etish lozimligini ta`kidladi.
Shuningdek, tadbirda YuNISEF ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma`lumot berildi.
Jumladan, kelgusida jahon tajribasidan kelib chiqib, muassasalarining bevosita o`zini o`zi baholashda ishtirok etishi aytib o`tildi.
Sho``ba yig`ilishlarida mutaxassislar tomonidan ta`lim muassasalarini ichki va tashqi attestasiyadan o`tkazish tartiblari muhokama qilindi.
Kelgusi o`quv yilida bitiruvchilari oliy o`quv yurtlariga kira olmagan 2,1 mingdan ziyod ta`lim muassasalari attestasiya va akkreditasiyadan o`tkazilishi qayd etildi.






