AsosiyJamiyat

"Agrobank"da kredit mablag`lari talon-taroj qilindi.

'"Agrobank"da kredit mablag`lari talon-taroj qilindi.'ning rasmi

Bosh prokuratura Namangan viloyati To`raqo`og`on tumanida kredit mablag`lari talon-taroj qilinganligi haqida xabar berdi. 

Unga ko`ra, "To`raqo`rg`on A.T." MChJ rahbari G`.T. (1981 y.t.) ATB "Agrobank" To`raqo`rg`on tumani filiali bo`lim boshlig`i N.E. (1990 y.t.) bilan birgalikda noqonuniy ishga qo`l urishdi. 

Ular ushbu bankdan 4 nafar fuqarolarning nomlariga jami 99,2 mln. so`m kredit pul mablag`larini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Ayni paytda, mazkur holat yuzasidan Departamentning To`raqo`rg`on tumani bo`limi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar