AsosiyJamiyat

Toshkentning ko`p qavatli uylaridan birida yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentning ko`p qavatli uylaridan birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Kecha, 27 oktyabr kuni kuni soat 13:46da, Yashnobod tumani, Aviasozlar 3-dahasi 38-sonli 4 qavatli uyning tomida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqida Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko`ra, tomning bo`g`ot kismlari 70 kv.m. maydonida yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:51da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 14:06da qurshab olinib, soat 14:20da bartaraf etilgan.

Yong`in tomda olovli-ta`mirlash ishlarini olib borishda yong`in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Unda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong`in joyiga 6 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan. 

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar