AsosiyJamiyat

Pensiya tayinlashda taqdim etiladigan hujjatlar soddalashtirildi

'Pensiya tayinlashda taqdim etiladigan hujjatlar soddalashtirildi'ning rasmi

 

Jriy yilning 21 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” 889-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomga ham tegishli o`zgartirishlar kiritildi.

Keltirilishicha, endilikda fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo`lganidan so`ng pensiya tayinlashni so`rab Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlariga ariza bilan murojaat qilganda, ulardan jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasini talab etish bekor qilindi.

Shuningdek, qarorga muvofiq boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini tayinlashni so`rab murojaat qilganda boquvchining vafot etganligi to`g`risidagi guvohnomaning asli o`rniga uning nusxasini taqdim etish huquqi joriy etildi.

    Boshqa yangiliklar