24-oktyabr kuni Bektemir tumani IIO FMBga xabar kelib tushgan.
Unga ko`ra, 21-oktyabr kuni taxminan soat 12.30 da 46 yoshli Nosirjon Yu., 26 yoshli Abduhalil F.ga tegishli bo`lgan «Damas» rusumli avtomobil ochiq qoldirilganligidan foydalanib, uning ichidan avtomobil egasining shaxsiy hujjatlarini va 140.000 so`m pullarini o`g`irlab ketgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O`g`rilik») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar natijasida, o`g`irlikda gumonlanuvchi shaxs qo`lga olindi.
“Hurmatli haydovchilar! Ochiq holda qarovsiz qoldirilgan avtomobil g`arazgo`ylar uchun jalb qiluvchi omil bo`lib, o`g`irlik yoki olib qochishni osonlashtiradi. Transport vositasidan hattoki bir necha daqiqaga uzoqlashganda ham uni qulflab keting - bu sizni ortiqcha asabiylashishdan saqlab qoladi”, — ogohlantiradi Toshkent shahar IIBB.






