1

Fransiyalik Koro Venulla: Fransiyadan Samarqandga to`g`ridan-to`g`ri aviareys yo`lga qo`yilsa edi

Jamiyat 28.10.2019, 15:13
Teglar: Bojxona, ​Samarqand, Fransiya
Fransiyalik Koro Venulla: Fransiyadan Samarqandga to`g`ridan-to`g`ri aviareys yo`lga qo`yilsa edi

“Samarqand” xalqaro aeroporti orqali harakatlangan sayyohlar “Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari bilan suhbat davomida, O`zbekistonda turizm borasida qilinayotgan ishlar, sayyohlarning yurtimiz to`g`risidagi taassurotlari xaqida fikr almashildi.

Jumladan, Italiyadan tashrif buyurgan Alessandro Angelo va uning do`sti Brad Fabio sayohati haqidagi taasurotlari bilan do`stlashib, quyidagi fikrlarni bildirdi.

– Yurtingiz juda ham chiroyli, betakror tabiati, tarixiy obidalari, o`zining uzoq o`tmishiga ega bo`lgan tarixi bilan bizni o`ziga jalb qildi. O`zim Italiyadanman, do`stim Fabio bilan o`ttiz kun davomida O`zbekistonning Toshkent, Farg`ona, Samarqand, Buxoro va Xiva deb atalmish go`shalarida bo`ldik. Farg`ona vodiysi o`zining taomlari, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari o`zining qadimiy noodatiy obidalari, tarixiyligi bilan bizni lol qoldirdi. Men yurtingizning mana shunday tarixiy joylari dunyoning turli burchaklarida yashayotgan men kabi sayyohlarni o`ziga jalb qilishini hisobga olgan holda, servis xizmatlarini, masalan banklarni yanada yaxshilashni, turistlarga qulay sharoitlar yaratishni, sayyohlik obidalarining jozibadorliligini yanada oshirishni va bu borada ommaviy axborot vositalarida yurtingizning bunday go`zal va betakror manzaralarini namoyon qiluvchi reklamalarni kuchaytirishni tavsiya qilgan bo`lardim.

Fransiyalik Koro Venulla: men O`zbekistonda sakkiz kun bo`ldim, 4 kun Samarqandda. 2 kun Buxoro va 2 kun Toshkentda. Shuni ayta olamanki, O`zbekiston zamonaviy turizm infratuzilmasinin rivojlantirmoqda, sayyohlar uchun mazmunli, xordiq chiqarish uchun keng ko`lamli sharoitlar yaratilayotganligini ko`rdim. Yurtingiz tarixiy obidalarga boy mamlakat ekan. Nafaqat men, balki do`stlarim ham ularga qiziqishadi. Mamlakatingizda sayyohlikning yangi turlari, ekoturizm rivojlanayotganligidan mamnun bo`ldim. Bilishimcha, O`zbekistonda ko`p milliy bog`lar, qo`riqlanadigan tabiiy xududlar va yodgorliklar mavjudligi ekoturizmni rivojlantirishga keng imkoniyat beradi. Bilasizmi, mening Fransiyadagi do`stlarim ham yurtingizga kelishni, bunday chiroyli va hashamatli tarixiy binolar, tarixiy joylarni ko`rishni xohlashadi. Ayniqsa ko`hna Samarqandning tarixiy obidalariga bo`lgan qiziqishlari bisyor. Shundan kelib chiqib, Fransiyadan Samarqandga to`g`ridan-to`g`ri aviareyslar yo`lga qo`yilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Ispaniyalik Laures Kartes: biz O`zbekistonga 65 kishi, ya`ni bir guruh bo`lib sayohatga kelganmiz. Men yurtingiz, uning tarixiy joylari, Samarqand, Buxoro va Xivaxaqida  televideniyada O`zbekiston xaqida berilgan lavhadan ko`rgan edim va turmush o`rtog`im  Laures Sanches bilan maslahatlashib shu erga sayohat qilishga qaror qildik. Yurtingiz, odamlaringiz, milliy taomlaringiz va albatta bu erning tabiati, tarixiy joylari menda chuqur taassurot qoldirdi. Bilasizmi, bizning Samarqanddagi sayohat vaqtimiz shahringizdagi ba`zi ko`chalardagi yo`llarning ta`mirlanish vaqtiga to`g`ri kelib qolgani uchun yo`ldagi tirbandliklar bizga noqulayliklar tug`dirdi. Lekin baribir yurtingizga qilgan sayohtimiz mazmunli va zavqqa to`la bo`ldi.

Xulosa qilib shuni ta`kidlab o`tish joizki, sayyohlarda yurtimizga bo`lgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda, ular tashrifi davomida o`zlari bilan ijobiy taasurotlar olib ketishmoqda, bunda albatta har birimizning hissamiz bor.

Sharhlar

Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Samarqandda bir oilaning 5 a`zosi zaharlanib, ikki nafari vafot etgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

01.02.2023, 10:49

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Qo`shrabot tuman "Zarmitan" MFYda yashovchi fuqaro S.N. xonadonida uyda, qo`lbola usulda tayyorlangan bodring konservasini iste`mol qilish natijasida 5 kishida ovqatdan...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1