AsosiyJamiyat

«O`zbekiston temir yo`llari» vagon kuzatuvchisi ishtirokidagi audioyozuvni o`rganmoqda

'«O`zbekiston temir yo`llari» vagon kuzatuvchisi ishtirokidagi audioyozuvni o`rganmoqda'ning rasmi

Kuni-kecha tunda №369-sonli “Novosibirsk – Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdi vagon kuzatuvchisi va yo`lovchi o`rtasidagi audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, deya xabar beradi Axborot-tahliliy media markazi.

 

Voqelikni atroflicha o`rganish yuzasidan «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadordik jamiyati tomonidan tezkor ishchi guruh tuzildi. Ayni vaqtda «O`ztemiryo`lyo`lovchi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori boshchiligidagi ishchi guruh dastlabki o`rganish ishlarini boshlagan. 

Eslatib o`tamiz, «Novosibirsk – Toshkent» yo`nalishida harakatlanayotgan ushbu yo`lovchi poezdi 30 oktyabr kuni Toshkent Markaziy vokzaliga etib keladi.

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati xizmatidan foydalanayotganda biror bir noqununiy hatti-harakatlar kuzatilsa +99871 299 94 50 ishonch raqamiga qo`ng`iroq qilishingizni so`rab qolgan.

 

    Boshqa yangiliklar