AsosiyShou-biznes

Oltin globus 2015: uni kimlar qo`lga kiritdi?

“Oltin globus 2015” mukofotlarini topshirish marosimi Gollivuddagi eng intiqib kutiladigan tadbirlardan biri sanaladi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Chunki yil bo`yi aktyorlar, aktrisalar, qo`shiqchilar, rejissyorlar, umuman barcha ijod axli ushbu nufuzli tadbirda mukofotni qo`lga kiritish uchun ter to`kib mehnat qilishadi. Bu yil ham ushbu tadbirda bir qator mashxurlar, bu yil yaratilgan filmlar ana shu sovringa ega bo`lishdi. Keling, ular bilan tanishamiz.

1. Dramatik roldagi eng yaxshi aktrisa-Julianna Mur (“Hali ham Elis” filmdagi roli uchun)

2. Dramatik roldagi eng yaxshi aktyor- Eddi Redmeyn (“Stiven Xokingning olami” filmidagi roli uchun)

3. Komediya janridagi eng yaxshi aktyor-Maykl Kiton (“Berdmen” filmidagi rodi uchun)

4. Komediya janridagi eng yaxshi aktrisa-Emi Adams (“Katta ko`zlar” filmidagi roli uchun)

5. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor - J. K. Simmons (“Vasvasaga tushish” filmidagi roli uchun)

6. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa-Patrisiya Arkett (“O`spirinlik” filmidagi roli uchun)

7. Eng yaxshi rejisser - Richard Linkleyter (“O`spirinlik” filmi uchun)

8. Eng yaxshi dramatik film –“O`spirinlik” filmi

9. Chet tilidagi eng yaxshi film-“Leviafan” filmi

10. Komediya janridagi eng yaxshi film-“Grand Budapesht mehmonxonasi” filmi

11. Eng yaxshi film ssenariysi-“Berdmen” filmi uchun

12. Eng yaxshi televizion drama-“Jazmanlar” filmi

13. Serialdagi eng yaxshi aktrisa-Rut Uilson “Jazmanlar” teleseriali

14. Serialdagi eng yaxshi aktyor-Kevin Speysi “Qartadan yasalgan uycha” teleseriali

15. Komediya janridagi eng yaxshi serial-“Shubhasiz” seriali

16. Komediya janridagi eng yaxshi teleserial aktrisasi-Jina Rodriges “Bokira” teleseriali

17. Komediya janridagi eng yaxshi teleserial aktyori-Jeffri Tembor “Shubhasiz” teleseriali

18. Serialdagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor-Mett Bomer “Oddiy yurak” seriali

19. Serialdagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa-Joan Froggatt “Daunton abbatligi”

20. Eng yaxshi televizion mini serial yoki film-“Fargo”

21. Televizion mini serial yoki filmdagi eng yaxshi aktrisa-Meggi Jillenxol “Oliyjanob ayol”

22. Televizion mini serial yoki filmdagi eng yaxshi aktyori-Billi Bob Tornton “Fargo”

23. Eng yaxshi animasion film-“Ajdahoni qanday qilib qo`lga o`rgatish mumkin 2”

24. Eng yaxshi qo`shiq- Glory, Jon Lejend, Common  “Selma”

25. Eng yaxshi musiqa-Yoxan Yoxansson “Stiven Xokingning olami”

    Boshqa yangiliklar