AsosiyJamiyat

DTM umumta`lim fanlardan test topshiriqlari to`plamlarini nashr etdi

'DTM umumta`lim fanlardan test topshiriqlari to`plamlarini nashr etdi'ning rasmi

Davlat test markazi hamda «Davr press» nashriyot-matbaa uyi qo`shma loyihasi asosida barcha umumta`lim fanlaridan test topshiriqlari to`plamlari tayyorlandi. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar bergan.

To`plamdan 2019 yilgi test sinovlarida foydalanilgan test topshiriqlari o`rin olgan. To`plam o`qituvchilar, oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik ko`rayotgan abiturientlar va keng jamoatchilik uchun mo`ljallangan.

Joriy yilning 1 noyabridan «Ona tili va adabiyot», «Matematika», «Fizika» fanlaridan test topshiriqlari to`plamlari sotuvga chiqariladi.

Boshqa umumta`lim fanlaridan test topshiriqlari to`plamlarini esa bosqichma-bosqich noyabr oyi yakuniga qadar sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

Test topshiriqlari mazmuni bo`yicha takliflar va fikr-mulohazalaringizni test@dtm.uz elektron manziliga yuborishmumkin.

    Boshqa yangiliklar