AsosiyDunyo

Qiz yillar davomida vafot etgan otasiga xat yozdi va kutilmaganda javob oldi

'Qiz yillar davomida vafot etgan otasiga xat yozdi va kutilmaganda javob oldi'ning rasmi

AQShning Arkanzas shtatidagi Nyuport shahrida yashovchi, to`rt yil davomida marhum otasining telefoniga xabar yuborgan qiz kunlarning birida javob oldi. Uning hikoyasini Daily Mail nashr etdi.

23 yoshli Chestiti Patterson har kuni marhum Jeyson Ligonsga o`z hayoti haqida SMS-xabarlar yuborgan. 24 oktyabr payshanba kuni vafotining bir yilligi arafasida qiz yana bir xabar yozdi: “Dada, salom, bu yana men. Ertaga, har doimgidek, qiyin bo`ladi”. Keyin u saraton kasalligini enggani va qiyin davrni boshdan kechirgani haqida yozdi: sevgilisi bilan vidolashgan va do`stlarini yo`qotgan.

“Men jarlikda edim, lekin keyin mening hayotimda mening haloskorim paydo bo`ldi” dedi u. — Sizni mamnun qilmoqchiman: hanuzgacha farzandim yo`q. Ammo men ona bo`lishga tayyorman. Men onamni aqldan ozdirishda davom etyapman, bu uni tonusda saqlaydi. (...) Men yana turmush qurishdan qo`rqaman, sababi yonimda «hammasi yaxshi bo`ladi» deydigan siz yo`qsiz. Umuman olganda men yaxshiman. Meni qanday ayol bo`lganimni bilganingizda mendan faxrlanardingiz”. Xulosa o`rnida Patterson otasini juda sog`inganini yozgan.

Bunga javoban qiz kutilmagan SMS oldi: “Salom, bu sening otang emas, lekin men to`rt yil davomida barcha xabarlaringni olganman. (...) Mening ismim Bred, va 2014 yilning avgust oyida mening qizim ham baxtsiz hodisada vafot etgan. Sening yozganlaring menga yashashimga yordam berdi. (...) Men avvalroq yozmoqchi edim, lekin yuragingga ozor berishdan qo`rqdim. Sen juda ajoyib ayolsan. Rahmat, sening xabarlaring menga Olloh borligini eslatdi. U menga seni berdi, farishtam”.

“Senda hammasi yaxshi bo`ladi, sen hammasiga bardosh bera olasan. Senga qiyin yo`ldan o`tishingga to`g`ri kelganiga afsusdaman. Agar bu senga ozgina tasalli bersa, men sendan juda faxrlanaman!” — deydi erkak.

25 oktyabr kuni Patterson o`zining Facebook’dagi sahifasida yozishmalarini skrinshotlarini joylashtirdi. “Men har kuni otamga hayotim to`g`risida yozdim. To`rt yil davomida! Bugun menga u bilan hammasi yaxshi ekanligi va uning ahvoli yaxshi ekanligi haqida belgi keldi”, — deb yozdi qiz. Xabar virusli bo`lib, ijtimoiy tarmoqqa tarqalib ketdi.

Amerikalikning ta`kidlashicha, bu yillar davomida u murojaat qilgan Ligons uning biologik otasi emas. Biroq, bolaligidanoq bu odam unga g`amxo`rlik qilgan. “U hech qachon maktabdagi raqslari, bitiruv kechalari va o`yinlarini qoldirmagan. Men u bilan do`stlarimni tanishtirishim kerak edi. U o`z otamdek ish tutdi va biz bilan gaplashdi” — dedi Patterson. 


“Men uning yonida yig`ladim va hayotimdagi barcha narsalarni aytib berdim. U sababli men juda mustaqil bo`lib ulg`aydim. U menga baxt nima ekanligini ko`rsatdi”, — dedi u. — “Shuning uchun, men aytishim mumkinki, Jeyson otam edi va u shaharning ko`p bolalari uchun namuna edi”. 

    Boshqa yangiliklar