AsosiyJamiyat

Bog`ot tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlarning sabab ma`lum qilindi

'Bog`ot tumanidagi gaz quyish shoxobchalaridagi navbatlarning sabab ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 28 oktyabr kuni “Xorazmda eski manzara: gaz taqchil, navbatlar turnaqator” nomli maqolada Xorazm viloyatidagi avtomabillarga gaz quyish shoxobchalarida uzundan-uzoq navbatlar yuzaga kelganligi haqida ma`lumot berilgan.

Maqolada “Bog`ot tumanidagi mavjud avtomobillarga gaz quyish shahobchalarning faqat ikkitasi ishlyotgan ekani, “Bog`ot” markaziy dehqon bozorining shundoq ro`parasidagi shoxobcha esa, ikki kundirki, yopiqligi, qaysidir mas`ullar esa bu holatni ikki kundan buyon viloyatda elektr energiyasi ta`minotidagi uzilishlar bilan izohlashmoqda” degan jumlalar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan o`rganilib, quyidagilar ma`lum qilinadi.

Ma`lum bo`lishicha, 27, 28 oktyabr kunlari ushbu hududlarda elektr ta`minotida uzilishlar bo`lmagan. Bog`ot tumanida “Qipchoq” qishlog`i, “Dehqonobod” mahallasi, “To`pchi” mahallasi, Bog`ot tumani markazlaridagi tranfarmator punktlarida qisqa muddatli ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan. Lekin maqolada tilga olingan “Dehqon bozor” qishlog`i hududida elektr ta`minotida uzilishlar bo`lmagan.

Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda elektr energiyasi ta`minoti bilan bog`liq holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan Call-Markazining 11-54 raqami yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (👉 @hetmuloqot, @HET_admin) orqali murojaat yo`llash mumkin, deb yozadi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar