Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi bergan ma`lumotlarga ko`ra, “Navoiy azot” AJga qarashli pvx zavodida yuz bergan favqulodda holatdan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Joriy yilning 28 oktyabr kuni taxminan soat 16:00 da Navoiy viloyati “Navoiy azot” AJga qarashli PVX zavodida noma`lum kuydiruvchi gazdan ingalyasion zaharlanish yuz bergan.
Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Favqulodda vaziyatda jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toksikologiya bo`limiga yotqizilgan.
Tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarning ahvoli baholanib, ularga zamonaviy davolash standartlari bo`yicha malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.
Mazkur holat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan qat`iy nazoratga olingan bo`lib, bemorlarning ahvoli yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.






