AsosiyJamiyat

Rossiya bozorida Ravon brendining istiqbollari mutaxassislar tomonidan baholandi

'Rossiya bozorida Ravon brendining istiqbollari mutaxassislar tomonidan baholandi'ning rasmi

Rossiya ekspertlari Rossiya avtomobil bozorida Ravon nomli o`zbek brendini baholadilar. Bu haqida regnum.ruga tayanib xabar berilmoqda.

Ravon brendi ostida Rossiya bozorida uchta model sotiladi – R2, Nexia R3 va R4. 

AvtoSpesSentr guruhining mijozlar guruhi rahbari Aleksandr Zaxarovning so`zlariga ko`ra, o`zbek avtomobil ishlab chiqaruvchilarining modellari Rossiyaning «AvtoVAZ» rusumidagi modellariga (LADA Granta, Dasun on-DO va boshqalar) nisbatan kam raqobatdosh.

Birlashgan Avtomobil Korporasiyasining marketing bo`yicha direktori Sergey Novoselskiy ham Ravon uchun pessimistik prognoz berdi. Uning fikriga ko`ra modellarning taqdim etilayotgan assortimenti va narxi o`zbek brendiga Rossiya bozorida kurashda imkoniyat bermaydi. Mutaxassisning ta`kidlashicha, agar Ravon Rossiyada zavod ochsa va ishlab chiqaruvchi avtomobillar narxini kamida 20 foizga kamaytirsa, kompaniya bozor ulushining 1,3 – 1,5 foizini olishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, ilgari «O`zavtomotors» avtomobil ishlab chiqaruvchisi bir yarim yildan ko`proq vaqtdan so`ng Rossiya Federasiyasining avtomobil bozoriga qaytgan. 2019 yil oxiriga kelib kompaniya Rossiyada 7 mingga yaqin Ravon avtomobillarini, 2020 yilda esa 34 mingta avtomobil sotishni rejalashtirmoqda.

Boshqa yangiliklar