Respublikamizda aholiga tabiiy gaz etkazib berish jarayonini samarali ishlashini tashkil etish, kuz-qish mavsumida gaz ta`minotidagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, respublika miqyosida rejaga muvofiq, gaz taqsimlash nuqtalari, quvurlari va hisoblagichlarni ta`mirlash-nazorat ishlari olib borilmoqda. Mazkur, ta`mirlash-nazorat ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga ko`ra o`tkazilishini ta`minlash maqsadida, iste`molchilarga gaz etkazish vaqtincha to`xtatilmoqda.
Xususan, 2019 yil 29 oktyabr kuni, Toshkent, Zangiota va Qibray tumanlari hududidagi jami 46328 ta aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha, Oqqo`rg`on tumani hududidagi jami 1100 ta aholi xonadonlarida soat 10:00 dan 17:00 ga qadar, 2019 yil 31 oktyabr kuni Piskent tumani, «Furqat» massivi hududidagi 6-ko`p qavatli uydagi jami 16 ta aholi xonadonlarida soat 9:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatilishini ma`lum qilamiz.
«Hududgazta`minot» AJ kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish ishlari munosabati bilan olib borilayotgan ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.






