AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi uylardan birida elektr nosozligi sababli yong`in yuz berdi

'Yunusoboddagi uylardan birida elektr nosozligi sababli yong`in yuz berdi'ning rasmi

2019 yilning 28 oktyabr kuni soat 12:54 da Toshkent shahri Yunusobod tumani Xushnavo 4-tor ko`chasi 48-uyda yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo`linmalar chaqirilgan manzilga 6 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 13:17 da o`rab olinib, soat 13:22 da bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida yashash uyining 60 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`indan uyning 120 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong`inni taxminiy sababi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.

 

    Boshqa yangiliklar