Yoshlik mavzusi ko`tarilganda deyarli barchamizning qalbimiz yorqin xotiralarga to`ladi. Ulug`bek Rahmatullaev ham ana shu mavzuga qo`l urib, "Yoshlik qaytmaydi" nomli tarona yozdi, deya xabar qiladi popcorn.uz.
Aslida ilk bora xonandaning yakkaxon konsert dasturida jarang sochgan bu taronaning matn va musiqa muallifi Alisher Tair bo`lib, aranjirovkasi Ahmad Hojimatov tomonidan tayyorlangan.
Qalbga yaqin satrlar ila kuylangan qo`shiq muxlislarga manzur bo`lib, ularning maqtovli e`tiroflariga erisha oldi. Aytish kerak, bu qo`shiq Ulug`bek Rahmatullaevning yuragiga yaqin bo`lganligi tufayli ham xonanda premerani shaxsan o`zi jonli ravishda taqdim etdi.





