AsosiyJamiyat

O`zbekiston qashshoqlik bo`yicha mintaqada uchinchi bo`ldi

'O`zbekiston qashshoqlik bo`yicha mintaqada uchinchi bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston qashshoqlik darajasi bo`yicha Markaziy Osiyoda uchinchi bo`ldi. Undan oldin Qirg`iziston va Tojikiston turibdi.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo`yicha eksperti Uilyam Zeyts fikricha, Qozog`istonda qashshoqlik darajasi eng past ko`rsatkichga ega. Hatto qozoqlarda bu holat sekinlik bilan bo`lsa-da, yo`qolib bormoqda.

Shaharlararo olib qaraganda iqtisodiy faollik bo`yicha Toshkent, Olmaota (hozirgi Nursulton) shaharlarida holat yaxshi. Ammo Bishkek va Dushanbe aholisi qashshoqlik darajasidan hali chiqib ulgurmagan.

Jahon banki qashshoqlik darajasini aholining iste`moliga qarab aniqlaydi: odamlar nima sotib olyapti, qanaqa mahsulotlar, pulini nimaga ishlatyapti va hokazo. Masalan, hozir qozoqlar kuniga o`rtacha 5,5 dollar, qirg`izlar esa 3,2 dollar foyda topadi. O`zbeklarniki aytilmagan, o`zingiz hisoblab, izohga yozishingiz mumkin.

Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko`ra, 2030 yilgacha fuqarolarning o`ta qashshoqlik shakli bartaraf etilishi kerak.

 

    Boshqa yangiliklar