Qo`shiqchi Rianna dang`illama uy sohibasiga aylandi. Uyning bahosi o`n million dollar bo`lib, u Barbadosda, ya`ni yulduz tug`ilgan joyda joylashgan, deya xabar qilmoqda segodnya.ua nashri.
Riannaning uyi Karib dengizi sohili yaqinida. Uy to`rtta yotoqxona, kutubxona, sport zali va erto`ladan iborat. U erda Riannaning onasi Monika Breytueyt yashaydi deb taxmin qilinmoqda.
Bir necha oy oldin xonanda Los-Anjelesdagi uyini 13 million dolarga sotgan edi.





