"O`zbekiston temir yo`llari" AKning ma`lumotlariga tayanib, 29.10.19 yildan boshlab "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan Misken - Nukus - Beyneu yo`nalishida yo`lovchi poyezdining harakati yo`lga qo`yilganini e`lon qilamiz.
Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu poezd har kuni respublikamiz fuqarolari va chet el fuqarolariga bir shahardan boshqasiga muammosiz kirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mazkur poezd quyidagi stansiyalarda to`xtaydi: Nazarxon, Kaybakli, Karaozek, Baday, Beruniy, Ellikal, Turtkul.
IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






