Urumchi aeroportida yo`lovchilarni ro`yxatdan o`tkazish va bortga chiqarish vaqtlariga o`zgartirishlar kiritildi. bu haqida O`zbekiston havo yo`llari" MAK matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unga ko`ra, 2019- yil 1-noyabrdan Urumchi aeroportida qatnovlar uchun yo`lovchilarni ro`yxatga olish reysning jo`nash vaqtidan 50 daqiqa oldin, yo`lovchilarni samolyotga chiqarish esa parvoz vaqtidan 20 daqiqa oldin tugatiladi.
Ma`lumot uchun: "Uzbekistan Airways" Urumchiga haftasiga ikki marta seshanba va juma kunlari muntazam yo`lovchi qatnovlarini amalga oshiradi.
30.10.2019 09:43
Urumchi aeroportida ro`yxatga olishda o`zgartirish kiritildi






