Tashkent City hududida qurilayotgan ko`p qavatli uylarning birida ishlayotgan usta baxtsiz hodisa oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda Tashkent City ma`muriyatidagi manbaga tayanib xabar qilinmoqda.
27 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida yashovchi 20 yoshli Alisher Turdiboev to`qqiz qavatli uyning sakkizinchi qavatining tashqi bo`yash ishlarini yakunlayotgan paytida yiqilib tushgan. U hodisa joyida vafot etgan.
«U binoning tashqi qavatini suvoq qilayotgan edi. U tepaga ko`tarilganida xavfsizlik kamarini echdi, keyin bexosdan yiqilib ketdi», — deydi marhumning hamkasblaridan biri.
Marhum Alisher Turdiboevning qarindoshlari davlat tomonidan ham, qurilish kompaniyasidan ham hech qanday moddiy yordam bo`lmaganini aytgan.
Turdiboev ishlagan «Asia Trading City» kompaniyasi marhumning oilasiga kompensasiya ishchining o`limi bo`yicha tergov natijalari asosida to`lanishini ma`lum qilgan.
Qayd etilishicha, har kun ertalab ish boshlanishidan oldin ishchilar xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqadi hamda tegishli hujjatga imzo qo`yadi.
Kompaniya marhumning yaqinlariga uni dafn etish marosimi xarajatlarini to`lab bergan. Qo`shimcha kompensasiya esa hodisa atroflicha o`rganib chiqilganidan so`ng, komissiya xulosasi asosida to`lanadi.