Avvalroq UzAuto Motors kompaniyasi trade-in dasturini yo`lga tushirgani haqida xabar bergandik. Kompaniya mazkur dastur bo`yicha sotuvga qo`yilgan ilk avtomobili 2017 yilda ishlab chiqarilgan, 55551 km masofani bosib o`tgan Chevrolet Spark bo`ldi.
“Xorazmavtotexxizmat” MChJ tomonidan sotuvga qo`yilgan avtomobil 56300000 so`mga sotilgan.
Bundan tashqari trade-in dasturi doirasida ayni damda sotuvda 2016 yilda ishlab chiqarilgan 47 ming km masofa bosib o`tgan Chevrolet Lacetti avtomobili mavjud bo`lib, uning bahosi 95 mln so`mni tashkil qiladi.
Kompaniyaning ikkilamchi bozorda savdoga qo`yilayotgan avtomobillari to`g`risidagi ma`lumotlari trade-in.uz saytidan olishingiz mumkin.






