AsosiyJamiyat

“Vaqf” xayriya jamoat fondi qashqadaryolik oila uchun uy qurib berdi

'“Vaqf” xayriya jamoat fondi qashqadaryolik oila uchun uy qurib berdi'ning rasmi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etilganidan buyon bir qancha muhtoj, turli ofatlardan aziyat chekkan hamda boquvchisini yo`qotgan oilalarning uy-joyga ehtiyojini qondirish borasida ko`plab xayrli ishlarni homiylar ko`magida amalga oshirib kelmoqda. 

Shunday xayrli ishlardan navbatdagisi Qashqadaryo viloyatida amalga oshirildi. Homiylar yordamida yangidan qurilgan X.Janonovaning xonadoniga Fond rahbari Iskandar Xalilov tashrif buyurib, ushbu oila a`zosi bo`lgan, kurash bo`yicha O`zbekiston chempioni, hozirgi vaqtda umurtqa pog`onasidagi jarohat tufayli nogironga bo`lib qolgan Sh.Berdievning holidan xabar oldi. 

Fond tomonidan Sh.Berdievga nogironlik aravasi taqdim etildi. Uning haqqiga duoi xayr qilinib, muhtoj insonlar Fond va uning saxovatli homiylari ko`magi ostida ekanliklari qayd etildi, deya xabar beradi "Vaqf" xayriya jamoat fond Matbuot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar