AsosiyJamiyat

Toshkent metropolitenining poezdlar harakati jadvalidan chiqish sabablariga oydinlik kiritildi

'Toshkent metropolitenining poezdlar harakati jadvalidan chiqish sabablariga oydinlik kiritildi'ning rasmi

2019 yilning 30 oktyabr kuni soat 14:59 da Chilonzor liniyasining «Mirzo Ulug`bek» bekatida texnik sabablarga ko`ra yo`lovchilarga (harakat tarkibining ishlamay qolishi sababli) yo`lovchilar stansiyaga chiqarildi. Poezdlar harakati jadvalidan chiqish vaqti 7-8 daqiqani tashkil etdi.

Shu kuni, taxminan 16:50 da, vagonlardan birida shubhali ob`ekt aniqlangani tufayli, «Buyuk ipak yo`li» bekatida yo`nalish bekor qilindi. Harakat jadvalidan chiqish vaqti 3 daqiqani tashkil etdi.

Toshkent metropoliteni ma`muriyati vujudga kelgan noqulayliklar uchun yo`lovchilardan uzr so`ragan.

 

 

    Boshqa yangiliklar