AsosiyJamiyat

Oramizda saxovatli insonlar ko`payaversin

'Oramizda saxovatli insonlar ko`payaversin'ning rasmi

Toshkent tumani, "Gultepa" MFYdagi Chilangarlar ko`chasi, 17 uyda yashovchi fuqoro Tamara Oxunjonovaning xonadonida tabiiy gaz iste`molidan deyarli 4 million so`m qarzdorlik yig`ilib qolgandi. 

Xonadon egasining ushbu qarzni to`lashga moddiy  imkoniyati yo`qligi tuman davlat inspektorlariga ma`lum edi. Qonun bo`yicha ushbu xonadon tarmoqdan uzilishi shart. Lekin Byuro xodimlari va mahalla faollari tashabbusi bilan shu hududda  yashovchi o`ziga to`q xonadon vakillariushbu qarzdor oilani qo`llab quvvatlash taklifi bilan chiqdi. Bir nafar nogiron farzandi bilan istiqomat qiluvchi bu onaxonga yordam berishni o`ziga farz, deb bilgan va ismini oshkor qilishni xohlamagan saxovatpesha fuqaromahalladoshining qarzini to`lab berishni bo`yniga oldi.  Bu savobli ishdan uy egasi juda ta`sirlandi va shu tashabbusni olib chiqqan, amaliy yordam berganlardan minntdor bo`lib,haqlariga duo qildi. Shunday saxovatli tashabbuslar va insonlar oramizda ko`payaversin! 

    Boshqa yangiliklar