AsosiyJamiyat

Pensiya jamg`armasiga kelib tushishi mumkin bo`lgan 9,5 trln.so`m tadbirkorlik sub`etlari va ishlovchilar cho`ntagida qoldi

'Pensiya jamg`armasiga kelib tushishi mumkin bo`lgan 9,5 trln.so`m tadbirkorlik sub`etlari va ishlovchilar cho`ntagida qoldi'ning rasmi

Pensiya jamg`armasining matbuot xizmati joriy yil boshida ho`jalik yurituvchi va tadbirkorlik sub`ektlariga soliq yukini kamaytirish islohotlari natijasida Pensiya jamg`armasiga kelib tushadigan mablag`lar qanchaga kamayganligini ma`lum qildi. 

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi to`g`risida”gi PF-5468-son farmoniga muvofiq, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab:

  • fuqarolarning mehnatga haq to`lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga ushlab qolinadigan sug`urta badallari bekor qilindi (2019 yilgacha fuqarolarning oylik daromadidan 8% miqdorida sug`urta badali to`langan);
  • davlat maqsadli jamg`armalariga yuridik shaxslarning oboroti (tushumi)dan undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilindi (2019 yilgacha korxona tushumidan 3,2% miqdorda majburiy ajratma amalga oshirilgan);
  • xususiy korxonalar, shuningdek ustav jamg`armasida davlat ulushi 50 foizdan kam bo`lgan yuridik shaxslarga yagona ijtimoiy to`lov stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi.

Mazkur berilgan engilliklar natijasida birgina 2019 yilda Pensiya jamg`armasiga kelib tushishi mumkin bo`lgan o`rta hisobda 9,5 trln.so`mlik mablag`lar ishlovchi fuqarolar hamda korxona va tashkilotlar tasarrufida qoldirildi.

Albatta ushbu engilliklar avvalombor ishlovchi fuqarolarning real daromadini oshirish, korxona va tashkilotlar tomonidan ish o`rinlarini legallashtirish, shuningdek faoliyatlarini kengaytirish hamda respublikamizda biznes yuritish uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar