AsosiyJamiyat

“Milliy bank” raisiga birinchi o`rinbosar tayinlandi

'“Milliy bank” raisiga birinchi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Saxi Saparmuxamedovich Annaklichev Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi.

Ma`lumot uchun: etakchi chet el banklari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan, shu jumladan, zamonaviy va xorijiy tajribada keng qo`llanadigan o`zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy qilish va amalga oshirilayotgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish orqali hamkorlik munosabatlarini faol rivojlantirish Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatining ustuvor yo`nalishlaridan hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha “Xalq banki”ga yangi rais va o`rinbosar tayinlanganini xabar qilgan edik. Undan sal avval esa “Mikrokreditbank” raisi lavozimidan ozod qilingani aytilgan edi.

Boshqa yangiliklar