AsosiyJamiyat

“Qo`qon erkin iqtisodiy zonasi” elektr bilan ta`minlash uchun 30,001 mlrd so`m mablag` sarflandi

'“Qo`qon erkin iqtisodiy zonasi” elektr bilan ta`minlash uchun 30,001 mlrd so`m mablag` sarflandi'ning rasmi

Ma`lumki,  Qo`qon shahrida yirik loyiha – “Qo`qon erkin iqtisodiy zonasi” amalga oshirilmoqda.

Ushbu iqtisodiy zonaning  “A” va “V” nimzonalarida 110/10 kVli “Qo`qon EIZ” podstansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Xususan, “A” zonaning elektr ta`minoti bo`yicha  quvvati 630 kVA bo`lgan ikkita transformatorlar hamda 19 dona zamonaviy yacheykadan va elektr qurilmalari o`rnatildi. Tadbirkorlarni elektr energiyasi bilan ta`minlash uchun 2 zanjirli 110 kVli uzunligi 1,1 km bo`lgan elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Shuningdek, “V” zonaning elektr ta`minoti loyihasini amalga oshirish maqsadida 15,8 mlrd. so`m mablag` sarflanishi rejalashtirilgan bo`lib, mazkur zonadagi iste`molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlash borasida 110/10 kVli quvvati 25000 kVA bo`lgan ikkita kuch transformatoridan iborat podstansiya hamda 2 zanjirli 110 kVli uzunligi 4,2 km elektr uzatish tarmoqlari qurilish-montaj ishlari yakunlandi.

Hozirgi kunda 10 kVli elektr uzatish tarmoqlari qurilishi uchun 24 dona temir-beton tayanchlar o`rnatilgan bo`lib, hozirgi kunda tadbirkorlarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi etkazish borasida uzunligi 1,5 km. bo`lgan elektr uzatish tarmoqlari tortildi.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jami 30,001 mlrd. so`m sarflandi.

    Boshqa yangiliklar