Yaqin yillarda Toshkent shahrining Yunosobod tumanidagi metro yo`nalishining oxiriga etkazilmagan qurilishi ishlari qayta yo`lga qo`yiladi, deb xabar bermoqda daryo.uz podrobno.uzga tayangan holda.
«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Otabek Sodiqovning ma`lum qilishicha, kompaniya joriy yilda Yunusobod yo`nalishida qurilishi oxiriga etkazilmagan to`rtta bekatning qurilishi bo`yicha takliflarni ishlab chiqishni boshlagan.