AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning bir nechta hududida yomg`ir yog`ishi kutilayapti

'Ertaga O`zbekistonning bir nechta hududida yomg`ir yog`ishi kutilayapti'ning rasmi

“O`zgidromet” xizmati ertaga, 1 noyabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, Respublikaning bir nechta hududida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 18-20° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar