Qashqadaryo viloyati 1924 yil 1 noyabr kuni tashkil etilgan bo`lib, bugun bunga roppa-rosa 95 yil to`ldi.
Viloyat maydoni 28,6 ming km², 2019-yil 1-aprel holatiga ko`ra, doimiy aholi soni 3 mln 225 ming 800 kishini tashkil etib, viloyatda uchinchi o`rinda turadi.
Vikipediya ma`lumotlariga ko`ra, Qashqadaryo respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 foizi va oltingugurtning 100 foizini beradi. Paxta va donni etkazib berishda ham peshqadam hisoblandi.
Ma`lumki, dunyoni zir titratgan buyuk bobokalonimiz Amir Temur ham Qashqadaryoning Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahridan. Amir Temur va temuriy shahzodalar saltanati davrida Qashqadaryoda ilm-fan, madaniyat va san`at rivojlangan. Ushbu vohadan chiqqan ko`pgina yozuvchi va ulamolar turli yillarda poytaxt bo`lgan Buxoro va Samarqandda, ayrimlari esa Hindiston, arab davlatlarida yashab ijod etganlar. Mug`ullar istilosi davrida ziyolilarning kattagina qismi Hindistondan boshpana topgan.
Viloyat aholisini bugungi kun bilan tabriklaymiz!






