Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 54 foizi raqamli televidenie bilan qamrab olingan. Hozirda Toshkent shahri bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg`ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasining ko`plab tumanlarida raqamli televidenie dasturlarini yuqori sifatda tomosha qilish mumkin, deb yozadi uz24.uz.
UzReport agentligining xabariga ko`ra, Prezidentimizning “O`zbekiston Respublikasida raqamli televideniega texnik va texnologik o`tish bo`yicha Davlat dasturi to`grisida”gi qaroriga muvofiq, televidenie sohasiga zamonaviy telekommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha 2017 yilning oxirigacha nihoyalanishi belgilangan ishlar davom etmoqda.
Dastur doirasida mamlakatimizda teleuzatishlarni raqamli formatga o`tkazishni ikki bosqichda amalga oshirish belgilangan. Birinchi bosqich joriy yilda yakunlanadi, ikkinchisi — 2016–2017 yillarda amalga oshiriladi . Unga ko`ra, 84 ta yuqori kuchlanishdagi uzatgichlar o`rnatilishi va uning natijasida mamlakatimiz yirik aholi maskanlarining 90 foizini raqamli televidenie bilan qamrab olinishi nazarda tutilgan.