AsosiyJamiyat

Bank-moliya akademiyasi O`zmilliybank tasarrufiga o`tkazildi

'Bank-moliya akademiyasi O`zmilliybank tasarrufiga o`tkazildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 31-oktyabr kuni "Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorni imzoladi...

Unda quyidagilar O`zbekiston bank tizimi kadrlari salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari etib belgilandi:

  • kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg`or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv;
  • tijorat banklarining boshqaruv, o`rta va quyi bo`g`in xodimlari mehnatiga ularning malakasi, bilimi va aniq ish natijalaridan (KPI) kelib chiqqan holda haq to`lashning bonusli tizimini joriy etish;
  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksizligi, o`qitish dasturlarining zamonaviy tijorat banklari tomonidan keng foydalanilayotgan raqamli texnologiyalarga muvofiqligini ta`minlash;
  • tegishli lavozim uchun talab etiladigan malaka va tajribaga ega bo`lgan boshqaruv xodimlarini, investision banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashni ta`minlash;
  • o`qiyotgan kadrlarga taktik va strategik istiqboldagi samarali ishlash uchun zarur bilimlarni berish va ko`nikmalarni shakllantirish;
  • biznes yuritishning umumiy tamoyillarini va yagona korporativ madaniyatni shakllantirish;
  • bank mutaxassislari, o`qituvchilar tarkibi va talabalarni bank ishining aniq yo`nalishlari bo`yicha xorijiy banklarda va ta`lim muassasalarida o`qitish hamda stajirovkadan o`tkazish.


Shuningdek, Bank-moliya akademiyasi O`zmilliybank tasarrufiga o`tkazildi.

Ma`lumot o`rnida:

Bank-moliya akademiyasi Prezidentning 1996 yil 2 maydagi PF-1460-son Farmoniga asosan tashkil etilgan bo`lib, bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo`yicha, shuningdek ko`rsatib o`tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar