AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi 166 dan ziyod xonadonda suv ta`minoti yaxshilandi

O`zbekistonda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash bo`yicha ishlar Qoraqalpog`iston Respublikasida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar bermoqda.

O`tgan yilning investisiyaviy dasturiga muvofiq, bu erda 77 kilometrdan ortiq vodoprovod ta`mirlandi. 445 kilometrlik masofada ichimlik suvi tizimi o`rnatildi. 4 ta quduq qazilib, 39 ta zamonaviy suv nasos stansiyasi qurib bitkazildi. Natijada, BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Shumanay tumanining alohida ovullarida 65 million 240 ming so`m grant mablag`i evaziga suv quvurlari o`tkazilib, mahalliy aholi ichimlik suvi bilan ta`minlandi.

Bundan tashqari, olis hududda joylashgan ovullar aholisini ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida 735 million so`mga teng mablag` evaziga qayta ta`mirlash ishlari olib borildi. Natijada 166 dan ziyod xonadonda suv ta`minoti yaxshilandi. Ta`kidlash joiz, olib borilgan sa`y-harakatlar 29 ming aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash darajasini yaxshilashga xizmat qildi.

    Boshqa yangiliklar