AsosiyJamiyat

Zakotlar hisobidan 10 ta talabaning 189 mln. so`mlik shartnoma puli to`landi

'Zakotlar hisobidan 10 ta talabaning 189 mln. so`mlik shartnoma puli to`landi'ning rasmi

Bugungi kunda "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan talabalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida ko`plab amaliy ishlar bajarilmoqda. Shunday ishlarda eng afzali talabalarning shartnoma pullarini to`lab berilishidir. 

Joriy yilning oktyabr oyida yurtimizda faoliyat olib borayotgan 10 ta oliy va o`rta maxsus islom bilim yurtlarining 36 nafar talabalarining o`quv kontrakt-shartnoma pullari "Vaqf" xayriya jamoat fondi homiylarining zakot mablag`lari hisobidan to`lab berildi. Yarim yillik ta`lim uchun jami 189 mln. so`mdan ortiq o`quv-shartnoma puli ta`lim muassasalariga o`tkazildi, deya xabar beradi "Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi saxovatpesha insonlarni ilm toliblarini qo`llab-quvvatlashga, ularning moddiy qiyinchiliklarsiz ta`lim olishlarida ko`mak ko`rsatishda faollikka chaqiradi. Dinimiz uchun xizmat qiluvchi talabalarning ta`limiga ko`mak ko`rsating va ulkan ajrga erishing!

 

    Boshqa yangiliklar