“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori (PQ–4502-son, 31.10.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar joriy etiladi:
👉 “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK);
👉 yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o`zgartirish kiritish, shuningdek ularni tugatish holatlarini “YaMMT” IDAKda majburiy ro`yxatdan o`tkazish tartibi;
👉 “YaMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari.
“YaMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “YaMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi tashkil etildi.